Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
18.06.2025
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2020-yil 10-iyun kuni “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.
Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va tezlashtirilgan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Oliy ta’lim sifatini oshirishda tarmoqlar va sohalarning ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.