Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 06.11.2026

QASHQADARYODA SUG‘URTA XIZMATLARINI KENG TARG‘IB ETISH BO‘YICHA AMALIY UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

propaganda Banner

Aholining sug‘urta xizmatlaridan xabardorligini oshirish, sug‘urta madaniyatini rivojlantirish hamda hududlarda sug‘urta himoyasi qamrovini kengaytirish maqsadida «KAFIL-SUG‘URTA» AJ vakillari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

✅ Mazkur tadbirlarda «KAFIL-SUG‘URTA» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti direktori Farhod Mo‘minov, departament vakili hamda Qashqadaryo viloyati filiali direktori A. Xalikov ishtirok etdi.

🏡 Dastlab Nishon tumanining Paxtazor mahalla fuqarolar yig‘inida aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlarining afzalliklari, mol-mulkni kutilmagan xavf-xatarlardan himoya qilishning ahamiyati hamda sug‘urta orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

🤝 Shuningdek, tashrif doirasida Nishon tumani hokimi bilan uchrashuv tashkil etilib, hududda sug‘urta xizmatlari qamrovini kengaytirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda mahallalar kesimida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

💬 Muloqot davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga sug‘urta xizmatlarini aholi orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarning sug‘urta bo‘yicha xabardorligini oshirish hamda «KAFIL-SUG‘URTA» AJ bilan o‘zaro hamkorlikda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔰 «KAFIL-SUG‘URTA» AJ hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalla institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, sug‘urta xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish hamda har bir xonadonda ishonchli sug‘urta himoyasini shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring