Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 06.11.2026

JIZZAXDA KASABA UYUSHMALARI VAKILLARI UCHUN SUG‘URTA BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

propaganda Banner

📍 Jizzax viloyatida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

2026-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat Kengashida «KAFIL-SUG‘URTA» AJ hamkorligida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

✅ Tadbirda viloyatdagi turli korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etib, xodimlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq manfaatlarini himoya qilishda majburiy sug‘urtaning o‘rni va ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

📚 «KAFIL-SUG‘URTA» AJ Jizzax viloyati filiali direktori A. Sultanov tomonidan o‘tkazilgan seminarda mazkur sug‘urta turining huquqiy asoslari, ish beruvchilarning majburiyatlari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlari hamda sug‘urta tovonini olish tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi.

💬 Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, korxona va tashkilotlarda sug‘urta himoyasini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.

🔰 «KAFIL-SUG‘URTA» AJ mehnat munosabatlarida xodimlarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ish beruvchilarning sug‘urta bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish hamda kasaba uyushmalari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda.

KAFIL-SUG‘URTA — ishonchli himoyangiz!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring