AHOLI XONADONLARINI SUG‘URTALASH — MOL-MULK HIMOYASI VA OILALAR XOTIRJAMLIGI
Angor tumanida «KAFIL-SUG‘URTA» AJ vakillari ishtirokida aholi xonadonlarini sug‘urtalash xizmatlarini kengaytirish va sug‘urta madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda kompaniyamiz Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti direktori Farxad Mo‘minov, mazkur departament menejeri Ilhom Djalilov, Surxondaryo viloyati filiali direktori Xurshid Mamathakimov hamda filial mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Angor tumani hokimi Qosim Mardonov va mahalla raislari qatnashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–108-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida aholini sug‘urta xizmatlari bilan keng qamrab olish masalalari muhokama qilindi.
🛡 Kompaniyamiz mutaxassislari xonadonlarni sug‘urtalash tartibi va shartlari, sug‘urta himoyasining afzalliklari hamda sug‘urta hodisasi yuz berganda yetkazilgan zararni shartnoma doirasida qoplash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirish berdi.
Shuningdek, mahalla raislari bilan xonadon egalari o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini keng targ‘ib qilish va aholining bu boradagi xabardorligini oshirish yuzasidan fikr almashilib, amaliy tavsiyalar berildi.
😊 «KAFIL-SUG‘URTA» — xonadoningiz himoyasi, oilangiz xotirjamligi yo‘lida!