Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 15.10.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” — MEHNAT YARMARKASIDA FAOL ISHTIROK ETDI!

propaganda Banner

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi MGIMO universitetida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti vakillari ham faol ishtirok etib, ish izlovchi fuqarolar va yoshlarni sug‘urta sohasidagi kasbiy imkoniyatlar, kompaniyadagi mavjud ish o‘rinlari hamda faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar.

🔹 Yarmarka davomida ishtirokchilar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularga kompaniyada ish boshlash, sug‘urta agenti sifatida faoliyat yuritish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

🤝 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli kadrlarni jalb etish hamda sug‘urta sohasida yangi kasbiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishda davom etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring