Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 14.10.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” — TA’LIM VA BIZNES HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA!

propaganda Banner

📍 2026-yil 13-oktabr kuni Toshkent shahridagi InterContinental Tashkent mehmonxonasida Inha University in Tashkent (IUT) huzuridagi Sanoat maslahat kengashi (Industry Advisory Board) faoliyatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅ Mazkur tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori U. Djanturayev boshchiligida “Malaka oshirish” markazi hamda “KAFIL HIMOYA” vakillari ishtirok etdilar.

🔹 Tadbir oliy ta’lim muassasalari va biznes vakillari o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlandi.

🤝 Mazkur tashabbus “KAFIL-SUG‘URTA” AJ uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yosh iqtidorlarni sug‘urta sohasiga jalb etish va ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ustuvor maqsadlarga hamohangdir.

“KAFIL-SUG‘URTA” — bilim, tajriba va istiqbolli hamkorlik sari!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring