TALABALAR BILAN MULOQOT — KASBIY IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yoshlarning sug‘urta sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning sug‘urta savodxonligini yuksaltirish hamda kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shu maqsadda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tumani hokimi ishtirokida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida kompaniyamizning “Malaka oshirish” markazi vakili hamda “KAFIL-HIMOYA” filiali menejeri ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga kompaniyamiz faoliyati, sug‘urta sohasining istiqbollari, agentlik faoliyati orqali daromad olish, amaliy tajriba orttirish hamda kelgusida kompaniyada o‘z karyerasini boshlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🤝 “KAFIL-SUG‘URTA” — yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va sug‘urta sohasiga yangi, bilimli kadrlarni jalb etish yo‘lida!