Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 22.09.2026

YOSHLAR BILAN MULOQOT — KELAJAK MUTAXASSISLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yoshlarni sug‘urta sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Malaka oshirish markazi direktori Sh. Mamadaliyev, Jamiyatning Farg‘ona filiali direktori M. Xakimov, fakultet dekan o‘rinbosari E. Umronov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

📌 Muloqot davomida talabalarga:

▪️ sug‘urta sohasining bugungi kundagi o‘rni va rivojlanish istiqbollari;
▪️ sug‘urta kompaniyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari;
▪️ sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar;
▪️ yosh mutaxassislar uchun kompaniyada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarga “KAFIL-SUG‘URTA” AJda pullik stajirovka o‘tash imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etildi.

✨ Mazkur uchrashuv yoshlarning sug‘urta sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, professional muhit bilan yaqindan tanishish va kelgusidagi kasbiy faoliyatini ongli ravishda rejalashtirishlari uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli kadrlarni sohaga jalb etishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Har ehtimolga qarshi!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring