SUG‘URTA SOHASIDAGI BUGUNGI YONDASHUVLAR TELEVIDENIYE EFIRIDA!
Joriy yilning 21-sentabr kuni Qashqadaryo MTRKning “Qashqadaryo axboroti” informatsion ko‘rsatuvida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Qashqadaryo viloyati filiali faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus lavha namoyish etildi.
Lavhada sug‘urta sohasining bugungi kundagi ahamiyati, aholiga taqdim etilayotgan zamonaviy sug‘urta xizmatlari, mijozlar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda hududda sug‘urta madaniyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.
Ko‘rsatuv davomida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Qashqadaryo viloyati filiali direktori Xalikov Adxam Davronovich bilan intervyu tashkil etilib, unda filial faoliyati, mijozlarga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ularning ishonchliligi va qulayligi, shuningdek, sug‘urta xizmatlari qamrovini yanada kengaytirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ mijozlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish, sug‘urta xizmatlarini yanada ommalashtirish hamda aholining sug‘urta madaniyatini oshirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
Mazkur televizion lavha ham kompaniyamiz tomonidan hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar va zamonaviy sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning yana bir ifodasidir.
Har ehtimolga qarshi!