Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
07.05.2026
Ta’lim va amaliyot integratsiyasi — malakali kadrlar tayyorlashning muhim omili
Bugungi kunda nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tajribaga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan ta’lim muassasalari va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi.
✨ “Kimyo International University in Tashkent” hamda “KAFIL-SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida:
➡️ talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
➡️ sohaviy tajriba almashish;
➡️ yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash;
➡️ mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilingan.
🤝 Ushbu hamkorlik ta’lim va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash orqali yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.