Xalqaro maydonda muhim iqtisodiy masalalar muhokamasi
🎙️ Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda dolzarb iqtisodiy masalalar muhokama qilindi
Bugun Tashkent Perfect Universitetida “Oʻzbekistonda Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning barqaror iqtisodiy rivojlanishga ta’sir mexanizmlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli tadbirda “KAFIL-SUG‘URTA” sug‘urta kompaniyasi nomidan Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Moliyaviy tahlil departamenti direktori Usmanov Azizbek Albek o‘g‘li faol ishtirok etdilar.
Anjuman davomida Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Xususan, savdo siyosatini erkinlashtirish, xalqaro bozorlarga integratsiyani kengaytirish, investitsion muhitni yanada yaxshilash hamda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan muhim fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida dolzarb mavzular yuzasidan atroflicha fikr almashilib, ilmiy asoslangan taklif va mulohazalar ilgari surildi hamda soha rivojiga oid muhim masalalar muhokama qilindi.