Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 01.05.2026

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi — kelajak kadrlar poydevori

propaganda Banner

Bugungi kunda raqobatbardosh va malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy tajriba ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois ta’lim muassasalari hamda yirik tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mamlakatimizda izchil rivojlanib bormoqda.

💫 Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida, joriy yilning 30 aprel kuni Alfraganus universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbiri doirasida KAFIL-SUG‘URTA AJ hamda Alfraganus universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Mazkur memorandum talabalar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish, sohaning malakali mutaxassislari ishtirokida uchrashuv va seminarlar o‘tkazish, bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish hamda ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

😊 Ushbu kelishuv yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash hamda istiqbolli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: