“KAFIL-SUG‘URTA” va “Alfraganus” universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 30-aprel kuni “Alfraganus” universitetida “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Unda “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining “Malaka oshirish” markazi vakillari ham ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
📌 Tadbir davomida yoshlarga kompaniyada amaliyot o‘tash, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kelajakdagi mehnat faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
🤝 Tadbir yakunida “KAFIL-SUG‘URTA” va “Alfraganus” universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida:
➡️ talabalar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
➡️ malakali mutaxassislar ishtirokida seminar va uchrashuvlar tashkil etish;
➡️ bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish;
➡️ nazariya va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash rejalashtirilgan.
✨ “KAFIL-SUG‘URTA” yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda istiqbolli mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida izchil ishlarni davom ettiradi.