“KAFIL-SUG‘URTA” AJda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish ishlari izchil davom etmoqda.
📌 Perfect universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar uchun amaliyot o‘tash, kasbiy ko‘nikmalarni oshirish hamda mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatlari yaratildi.
📑 Ushbu hamkorlik natijasida bir qator talabalar talaba bo‘lishiga qaramasdan, kompaniyamizda o‘z mehnat faoliyatini boshladi. Bu esa nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘lmoqda.
⚡️ Bugungi kunga qadar 5 nafarga yaqin Perfect universiteti talabasi “KAFIL-SUG‘URTA” AJ jamoasiga qo‘shildi. Shuningdek, yana 15 nafar talaba saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, keyingi jarayonlarga yo‘naltirildi.
🚀 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va kelajak mutaxassislarini tayyorlashga doimo alohida e’tibor qaratadi.