Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 02.04.2026

Mehnat bozori — yangi talablar va yondashuvlar davri

propaganda Banner

Bugungi kunda mehnat bozoridagi o‘zgarishlar ish beruvchilar talablari va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan xalqaro maydondagi muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi.

🌐 “2026-yilda mehnat bozori: ish beruvchilar talablari va kadr tayyorlash tizimining transformatsiyasi” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro ish beruvchilar forumi – 2026 doirasida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Malaka oshirish markazi vakillari faol ishtirok etdi.

Forum davomida:
➡️ mehnat bozorida shakllanayotgan yangi tendensiyalar
➡️ ish beruvchilar tomonidan qo‘yilayotgan zamonaviy talablar
➡️ kadrlar tayyorlash tizimini bozor ehtiyojlariga moslashtirish masalalari

yuzasidan fikr va tajriba almashildi.

Mazkur ishtirok kompaniyada kadrlar salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ inson kapitaliga e’tibor qaratgan holda xodimlar malakasini izchil oshirib bormoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: