Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 31.03.2026

Karyera kuni: sug‘urta sohasida faoliyat va rivojlanish imkoniyatlari

propaganda Banner

Kadrlar tayyorlash jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda “KAFIL-SUG‘URTA” AJning Malaka oshirish markazi vakillari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida ishtirok etdi.

✅ Tadbir davomida talabalar bilan mazmunli va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda sug‘urta sohasidagi amaliy faoliyat, kompaniyadagi ish jarayonlari hamda yosh mutaxassislar uchun mavjud karyera rivoji imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
✅ Talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi, amaliy misollar orqali sohaning o‘ziga xos jihatlari yoritib berildi.

🔹 Kompaniya faoliyati va asosiy yo‘nalishlari tanishtirildi;
🔹 Amaliy tajriba orttirish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari tushuntirildi;
🔹 Yoshlar uchun mehnat bozoridagi zamonaviy talablar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillariga universitet tomonidan sertifikatlar topshirildi.

⬇️ Ushbu uchrashuv talabalar uchun kasbiy yo‘nalishni aniqlash, bilimlarni mustahkamlash hamda kelgusidagi faoliyatiga oid qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: