Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 18.03.2026

Kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan navbatdagi mahorat darsi

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda.

📚 Joriy o‘quv jarayoni doirasida navbatdagi mahorat darsi jamiyatning “Buxgalteriya hisobi” departamenti bosh buxgalter o‘rinbosari Tuychiyev Azamat Alisherovich tomonidan tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida:
➡️ buxgalteriya hisobi sohasidagi amaliy jarayonlar;
➡️ moliyaviy hujjatlarni yuritish tartibi;
➡️ sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

💬 Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mutaxassis bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

📈 Ushbu mahorat darsi nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelgusi mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: