Amaliy bilim – kelajak poydevori!
KAFIL-SUG‘URTA AJ hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida muhim ta’limiy tashabbus amalga oshirildi.
Kompaniyamizning yetuk mutaxassislari tomonidan talabalarning sug‘urta sohasida chuqur kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida bir haftalik intensiv o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar:
🔹 sug‘urta bozorining zamonaviy tendensiyalari
🔹 risklarni baholash va boshqarish mexanizmlari
🔹 mijoz bilan ishlashning samarali strategiyalari
🔹 real keyslar asosida amaliy tahlillar
kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil va tizimli bilimlar oldilar.
Mazkur o‘quv dasturi nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamladi, balki talabalarda soha bo‘yicha strategik fikrlash, amaliy yondashuv va professional dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qildi.
🚀 Ishonamizki, bu kabi hamkorlik loyihalari sug‘urta sohasining ertangi yetakchilarini tarbiyalashda mustahkam zamin yaratadi.