Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 16.02.2026

"KAFIL-SUG‘URTA" jamoasi — yoshlar bilan ochiq muloqot!

propaganda Banner

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda olib borilgan targ‘ibot ishlari doirasida agentlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlar “Trilliant” ofisiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga:
➡️ sug‘urta sohasining mazmun-mohiyati;
➡️ agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari;
➡️ faoliyatni boshlash tartibi;
➡️ daromad shakllanish mexanizmi va rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda agentlik faoliyatining amaliy jihatlari bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lishdi.

💠 Uchrashuv yakunida talabalar orasidan agentlik guruhlari shakllantirilib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.

😊 "KAFIL-SUG‘URTA" jamoasi uchun yoshlar bilan tizimli ishlash — kadrlar zaxirasini mustahkamlash va sohaning barqaror rivojini ta’minlashga qaratilgan muhim yo‘nalish hisoblanadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: