Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 11.02.2026

KAFIL-SUG‘URTA AJ — ta’lim va amaliyot uyg‘unligi

propaganda Banner

11-fevral kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari tomonidan Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida talabalar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda sug‘urta sohasining bugungi kundagi ahamiyatini yoshlarga atroflicha tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv Jamiyatning “Malaka oshirish” markazi direktori M. Djalilov hamda “KAFIL HIMOYA” filiali menejeri X. Ravshanmirzaev ishtirokida o‘tkazildi.

▶️ Muloqot davomida:
➡️ sug‘urta tizimining iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni;
➡️ sohadagi zamonaviy yondashuvlar;
➡️ yosh kadrlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar sug‘urta sohasining amaliy jihatlari va kelgusida faoliyat boshlash yo‘llari yuzasidan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Uchrashuv mazmunli fikr almashuvlar asosida o‘tdi.

🤝 Tadbir yakunida ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: