Sug‘urta sohasida kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim tashabbus
Sug‘urta sohasida bilimli va tashabbuskor kadrlarni tayyorlash maqsadida joriy yilning 4-fevral kuni Jamiyatning Malaka oshirish departamenti vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, sug‘urta bozoridagi amaliy faoliyat, agentlik tizimining o‘rni hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat boshlash imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar orasida sug‘urta agentlari safini kengaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Uchrashuv jarayonida sohaning real ehtiyojlari hamda kadrlar tayyorlashdagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinib, talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga doir muhim tushunchalar shakllantirildi.