Yangi sug‘urta mahsulotini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi!
Jamiyatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida qo‘llab-quvvatlanayotgan “Quruvchilarning ekologiya va atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash” mahsulotini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Shu maqsadda hududlarda tegishli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Shu doirada jamiyat Boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari S. Gʻaniyev, Toshkent shahar filiali direktori O. Jalilov hamda “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti menejer kichik assistenti M. Egamberganov ishtirokida “Bashkent” ko‘p funksiyali turar-joy majmuasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mazkur majmua uchun ishlab chiqilgan maxsus sug‘urta mahsuloti taklif etildi, uni qo‘llash va realizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholiga taqdim etish hamda kelgusida qator amaliy chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌱 Ushbu sug‘urta mahsuloti qurilish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sir natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashni nazarda tutishi bilan aholi xavfsizligini ta’minlash, ekologik barqarorlikni saqlash hamda qurilish sohasida mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirishda ayni damda juda dolzarb hisoblanadi.
Ayni vaqtda mazkur mahsulotni keng joriy etish va uni jamoatchilikka yetkazish maqsadida turli obyektlar kesimida ishchi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.