Moliyaviy hisobotlar

Sug‘urtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 2564-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan), sug‘urtalovchi yillik moliyaviy hisobotni majburiy auditorlik tekshiruvi yakunlangandan so‘ng o‘n besh kun ichida, biroq sug‘urtalovchining yuqori boshqaruv organi tomonidan yillik hisobotni ko‘rib chiqish sanasidan kamida ikki hafta oldin o‘zining rasmiy veb-saytida hamda respublika miqyosidagi moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishdagi bosma nashrlarda e’lon qiladi. Bunda aksiyadorlik jamiyati shaklidagi sug‘urtalovchilar uchun bosma nashrlarda yillik moliyaviy hisobotning faqat asosiy shakllari (zarur hollarda qisqartirilgan shaklda) e’lon qilinadi hamda sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytida to‘liq e’lon qilingan moliyaviy hisobotga havola beriladi.