Ushbu sug'urta turi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan avariyalar natijasida uchinchi shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashga mo'ljallangan. Sug'urta fuqarolik javobgarligini qoplashni ta'minlaydi va ishlab chiqarishdagi noxush holatlarda moddiy zararlarni kamaytirishga yordam beradi.
Sug'urta hodisasi nimani o'z ichiga oladi?
Xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir bo'lgan avariya natijasida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga yetkazilgan zararlar.
Sug'urta hodisasi sodir bo'lganda nima qilish kerak?
Hodisa joyida qoling, darhol xavfsizlik choralarini ko'ring va tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil qiling. Sug'urta hodisasi haqida kompaniya call-markaziga (71-200-04-14) 72 soat ichida xabar bering.