Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash
Ushbu sug'urta turi ish beruvchining mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib, ishchining to'g'ridan-to'g'ri mehnat vazifalarini bajarish jarayonida yuzaga kelgan baxtsiz hodisa natijasida hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetganida foydalaniladi.
Nimani sug'urtalashimiz mumkin?
Sug'urtalash shartnomasini tuzish ish beruvchiga ish joyida ishchining hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha javobgarlik paydo bo'lganida mulkiy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini beradi.
Sug'urta holatiga nimalar kiradi?
Ish beruvchining ishchining hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha fuqarolik javobgarligini tasdiqlovchi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt, ishchining mehnat jarayonida olgan jarohati, kasbiy kasalligi yoki ish vazifalarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan sog'lig'iga yetkazilgan boshqa zararlar bilan bog'liq bo'ladi.