Aholi xonadonlarida suyultirilgan gaz ballonidan foydalanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida sug‘urta xizmatimiz mavjud. Ushbu sug‘urta qaltis hodisalar, jumladan, portlashlar va boshqa favqulodda holatlarda mol-mulk va sog‘likni himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Nimani qoplaydi:
- Gaz balloni portlashi yoki boshqa hodisalar natijasida uyga yetkazilgan zarar uchun to‘lov.
- Uyda yashovchilarga yetkazilgan sog‘liq zararlarini qoplash.
- Foydalanilgan gaz balloni bilan bog‘liq boshqa xavfli hodisalar uchun moliyaviy yordam.