Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA!

news_in

20.09.2024

“KAFIL-SUGURTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA!

HURMATLI AKSIYADORLAR!

 

“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024- yil 14- oktabr kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi, 59-uyda joylashgan Jamiyat bosh ofisida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

1.         “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2.         “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.         “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli noturar ko‘chmas mulklarni sotilishini ma’qullash.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Kuzatuv kengashining 2024- yil 20- sentabr kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2024- yil 7- oktabr kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2024- yil 20- sentabr kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2024- yil 14- oktabr kuni soat 10:00 dan 10:50 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.

 

 

 

Tel: 998 (71) 237-33-26

Jamiyat Kuzatuv kengashi