Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)
news_in

07.11.2023

2023 yilning 1-avgust kuni fuqaro K.N. "Lacetti" rusumli avtomashinasida Sherobod tumani, Guliston mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`linig 1392 km da harakatlanib kelayotgan vaqtida ushbu yo`lda yo`lning harakat bo`lagiga qum shag`al qoplamasi to`kilib qolganligi sababli o`sha joyga kelganda boshqaruvni yo`qotib yo`lning o`ng tomon chetki qismiga chiqib ketib ag`darilib ketishi natijasida YTH sodir etgan.

Ertasi kuni Kompaniyamizga “Lacetti” rusumli avtomashina egasi K.N. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urta qilish” sug‘urta turi bo'yicha polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 25 744 615 so`m miqdorida sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.

Mijozimiz bundan juda mamnun.

KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz