ZARAR QOPLANDI!
2023 yilning 21-avgust kuni fuqaro R.S. "Нока" rusumli avtomashinasida Shayhontohur tumani, Sebzor ko`chasi bo`ylab harakatlanib, qayrilishi uchun eng chetki qatorni eggalamasdan burilayotgan vaqtida o`ziga nisbatan chap tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi D.D. boshqarividagi "KIA SELTOS" rusumli avtotransport vositasi bilan YTH sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga “KIA SELTOS” rusumli avtomashina egasi D.D. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urta qilish” sug‘urta turi bo'yicha polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 45 838 553 so`m miqdorida sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz