2023 yilning 02-mart kuni Toshkent viloyatida "Cobalt" rusumli avtomomashinasi ishtirokida YTH sodir bo'ldi.
Fuqaro A.Q., "Cobalt" rusumli avtomashinasida Toshkent shahri tomondan Bekobod shahar tomoniga harakatlanib ketayotgan vaqtida, yo`lning chap tomonida o`ng tomonga o`tayotgan chiyabo`ri xayvonini urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burib yuborib rul boshqaruvini yo`qotib yo`l o`rtasida beton bardyurga urilib YTH sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga “Cobalt” rusumli avtomashina egasi A.Q. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Avtokredit” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz