"KAFIL-SUG'URTA" sug'urta kompaniyasi qarovsiz it qopganidan zarar ko'rgan jabrlanuvchiga sug'urta tovonini to'lab berdi.
30 -iyun kuni Nukusda noxush voqea yuz berdi. Baxtli ko'chasida bir qarovsiz it ayolga hujum qildi. Jabrlanuvchi darhol travmatologiya bo'limiga yotqizilgan.
Jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, uni qarovsiz it tishlab olgan va natijada o'ng oyog'ining orqa qismidan yirtilgan yara olgan.
Jabrlanuvchi N. J. sug'urta tovonini to'lash talabi bilan kompaniyamiz bilan bog'landi. Sug'urta kompaniyasi xodimlari ushbu ish bo'yicha barcha kerakli hujjatlarni o'rganib chiqib, sug'urta tovonini to'lashga qaror qilishdi.
Biz uchun har bir mijoz muhim va e'tiboridan chetda qolmaydi.
KAFIL -SUG'URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz