2023 yil 3-8 iyul kunlari "KAFIL SUGURTA" AJ Boshqaruv raisi o`rinbosari Djanturayev U.M. Yaponiyaning Yokohoma shahrida FALIA (Foundation for the Advancement of Life Insurance Around the World) tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
Bugungi kunda FALIA O'zbekiston sug'urta hamjamiyatining eng faol xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. FALIA hayot sug'urtasini rivojlantirish jamg'armasi faoliyatining asosiy maqsadi Yaponiyada ham, chet elda ham seminarlar tashkil etish, sug'urta biznesining turli jihatlari bo'yicha materiallarni nashr etish orqali hayotni sug'urtalashni targ'ib qilishdir.
Hafta davomida seminar ishtirokchilari Yaponiyaning sug'urta sohasi bo'yicha tajribasi bilan tanishdilar. Ushbu seminar ishtirokchilarga sug'urta sohasini rivojlantirish va uslubiy qo'llab-quvvatlash sohasidagi xalqaro tajribani o'rganishga imkon berdi, bu esa olingan bilimlarni O‘zbekiston sug‘urta sohasida ushbu sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llash uchun sharoit yaratadi.