Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

🔈 KAFIL-SUG'URTA va Samarqand Davlat Universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi!

news_in

11.10.2024

Joriy yilning 9 oktabrida "Kafil-Sug'urta" kompaniyasi vakili M. Jalilov va Samarqand viloyati filiali direktori I. Komilov tomonidan Samarqand Davlat Universiteti talabalari uchun uchrashuv o'tkazildi. Ushbu tadbirda sug'urta sohasidagi hamkorlik aloqalari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, sug'urta savodxonligini oshirish bo'yicha muhim ma'lumotlar taqdim etildi.

Maxsus uchrashuvda talabalar uchun sug'urta agenti sifatida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari, shuningdek, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va qo'shimcha daromad olish uchun kompaniya tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi. Uchrashuv davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar taqdim etildi va hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

📌 "KAFIL-SUG'URTA" kompaniyasi kelajak avlodini qo'llab-quvvatlashga tayyor!