2021 yil 1 martda "KAFIL-SUG'URTA" MCHJ va Toshkent moliya instituti o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq talabalar uchun "O'zbekistonda sug'urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishni jadallashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar" mavzusida master-klass tashkil etildi. Tadbirda "KAFIL-SUG'URTA" MCHJ Bosh direktor o'rinbosari F. Mo'minov va "Malakali xodimlar tayyorlash" tarmoq markazi direktori M.Jalilov ishtirok etishdi. Talabalarga sug'urta faoliyati va kompaniya faoliyati bilan tanishish, hamda sug'urta sohasida qiziqtirgan savollarini javob olish uchun ajoyib imkoniyat berildi.