Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

"KAFIL SUG`URTA" KOMPANIYASI "MUVAFFAQIYATGA ERISHISH YO`LLARI" MAVZUSIDA BIZNES-NONUSHTA O`TKAZDI.

news_in

09.07.2024

Ayol va qizlar har bir jamiyatning rivojlanishi va barqarorligida muhim rol o‘ynaydilar. Ularning faolligi va hissasi bilan jamiyat yanada kuchliroq va birlashgan bo‘ladi.

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent shahar "Hyatt Regency" mehmonxonasida "Muvaffaqiyatga erishish yo‘llari" mavzusida "KAFIL SUG‘URTA" AJ kompaniyasida faoliyat olib borayotgan ayol va qizlar uchun maxsus "Ayollar klubi" tashkil etildi. Unda 30 ga yaqin ayol va qizlar tashrif buyurib, Nilufar Sotiboldiyevadan nafaqat muvaffaqiyat sirlari, balki ularning hayot yo‘llari haqida suhbat tinglashdi. Suhbat davomida ko‘plab savol-javoblar hamda maroqli nonushta bo‘lib o‘tdi.

Suhbat so‘ngida Asaka filiali raxbari D.Kadirovaga kompaniya tomonidan ishlardagi faolligi, qat’iyatligi va o‘z faoliyatini a’lo darajada bajarayotgani uchun "ONYX" rusumli avtomashina taqdim etildi. Bu barcha ayol va qizlar uchun katta motivatsiya bo‘ldi.