“KAFIL-SUG`URTA” AJ sug‘urta kompaniyasi navbatdagi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassassi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Joriy yilning 15-fevral kuni “International school of finance technology and science” instituti va “KAFIL-SUG`URTA” AJ sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish asosida innovatsion-korporotiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida akademik fan bilan oliy ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, kompaniyada stajirovka o‘tash, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini tashkil yetish hamda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida kompaniyaning yetakchi xodimlarini o‘quv jarayonlariga jalb yetish oliy maqsad etib belgilangan.