Har bir inson boshqa shahar yoki mamlakatga ta'tilga chiqayotganda yorqin taassurotlar, qiziqarli uchrashuvlar va ijobiy his-tuyg'ularga umid qiladi. Ammo, qanchalik ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik ko’rilsa ham yo’lda sayohatchilar duch kelishlari mumkin bo’lgan qiyinchilik va ko’ngilsizlardan qochishning har doim ham iloji bo’lmaydi. “Travel” sug’urtasi uzoq masofalarga sayohat qilish bilan bog'liq xavflarni minimallashtirishga imkon beradi.
Sayohatchilar uchun ushbu sug'urta turi jarohat yoki kasallik, yuk yoki hujjatlar yo'qolishida, shuningdek, yordamga muhtoj bo'lgan boshqa holatlarda sizni chet elda vaqtingiz, asabingiz va pulingizni sarflashdan himoya qiladi. Siz chet elga ketayotgan sayohatchilar uchun ushbu sug’urtani elektron pochtaga jo’natish orqali bir necha daqiqalarda rasmiylashtirishingiz mumkin.
Biz nimalarni qamrab olamiz?
1. Shoshilinch ambulatoriya va statsionar davolanish;
2. Shoshilinch stomatologik yordam;
3. Qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni uyiga qaytarish;
4. Tibbiy evakuatsiya va repatriatsiya;
5. Qidiruv-qutqaruv tadbirlari;
6. Dori-darmonlarni sotib olish.
Bir necha daqiqada polisni rasmiylashtiring va riskni bizga qoldiring!