18 fevral kuni "Kafil Sug`urta" kompaniyasi Toshkent moliya institutida bo'lib o'tgan 2020/2021 o'quv yili bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash bo'yicha "Ishga qabul qilish kuni" bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Kun davomida biz turli mutaxassislar va oliy o'quv yurtlari talabalarining rezyumelarini to'pladik. Bugun bizda 7 ta bo'sh ish o'rinlari, shuningdek talabalar uchun amaliyot dasturi mavjud. Barcha rezyumelar ko'rib chiqiladi va eng qiziqarli nomzodlar suhbatga taklif qilinadi.