Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2-3-bosqich talabalari hamda 1-bosqich magistrantlari uchun oʼtkaziladigan “KAFIL SUG`URTA GRANTI” tanlovi

news_in

28.04.2021

Tanlovda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2-3-bosqich bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari hamda 1-bosqich magistratura mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar 1-may sanasidan 15- may sanasiga qadar Sug’urta kompaniyaning rasmiy www.kafil.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtishlari lozim.

Tanlov 3 bosqichdan iborat. Tanlov ishtirokchilarini baholash Sug’urta kompaniyaning Bosh direktori buyrugʼi bilan tasdiqlanadigan Tanlovni oʼtkazish va gʼoliblarni aniqlash komissiyasi (keyingi oʼrinlarda – komissiya) tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya aʼzolari 7 kishidan iborat boʼlib, uning tarkibiga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kenagishi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Sug’urta kompaniya xodimlari kiritiladi.

 

Birinchi bosqich
Barcha nomzodlar 15 may sanasidan 31 may sanasiga qadar tanlov@kafil.uz elektron pochta manzili orqali quyidagi hujjatlarni elektron shaklda topshirishlari talab etiladi:

• Talaba yoki magistrantning oʼzi toʼgʼrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomasi (rezyume);

• Nomzodning reyting (sinov) daftarchasi nusxasi;

• Nomzodning chet tilini oʼzlashtirganligini tasdiqlovchi hujjatlar, ilmiy ishlanmalari, ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan maʼruza tezislari va chop etilgan maqolalari (agar mavjud boʼlsa);

• “Sugʼurta va uning jamiyat hamda iqtisodiyotda tutgan oʼrni” mavzusida esse. Esse matni 3-4 bet hajmda, 1,5 intervalda, kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman shiriftida 14 kegelda yozilishi lozim. Essening sarlavhasi bosh harflarda, undan 2 intervaldan soʼng muallifning ismi va familiyasi toʼliq, fakulteti, yoʼnalishi va kursi yozilishi shart;

• Komissiya tomonidan roʼyxatga olingan nomzodlar, ularning maʼlumotlari va yozgan esselari 30 (oʼttiz) kun ichida koʼrib chiqiladi va birinchi bosqich gʼoliblari aniqlanadi;

Yozilgan esselar 100 ballik tizimda baholanib, ularni baholashda, sugʼurtaning mohiyati va zarurligi, iqtisodiyotdagi oʼrni yuzasidan har bir nomzod tomonidan yoritilgan aniq fikrlar inobatga olinadi. Komissiya tomonidan esse yakuni boʼyicha 55 va undan yuqori ball toʼplagan ishtirokchilar ikkinchi bosqichga oʼtkaziladi. Zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi.

 

Ikkinchi bosqich
12-14 iyul kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Kafil Sug`urta” kompaniyasining ilmiy-amaliy labaratoriyasi (keyingi oʼrinlarda – Labaratoriya) da boʼlib oʼtadi.

Mazkur bosqichda komissiya tomonidan birinchi bosqichdan oʼtgan ishtirokchilar soha boʼyicha, qiziqishlari hamda kelajakdagi rejalari yuzasidan ogʼzaki suhbatdan oʼtkaziladi. Suhbat davomida nomzodning bilimi bilan birgalikda intellektual qobiliyati va axloq-odobi sifatlari baholanadi hamda uning universitetni tamomlagandan soʼng “Kafil sug’urta” kompaniyasida mehnat faoliyatini yuritish istagi inobatga olinadi.

 

Uchinchi bosqich
19-31 iyul kunlari ikkinchi bosqichda oʼtkazilgan suhbat natijalariga koʼra yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar uchun jami ikki haftaga moʼljallangan maxsus oʼquv kurslari va amaliyot mashgʼulotlari oʼtkaziladi. Maxsus oʼquv kurslar Laboratoriyada, amaliyot mashgʼulotlari “Kafil sug’urta” kompaniyasining Bosh ofisi va hududiy filiallarida tashkil etiladi. Tashkil etilgan oʼquv kurslari hamda amaliyot mashgʼulotlari yakuni yuzasidan ishtirokchilardan mijoz bilan suhbat oʼtkazish, sugʼurta mukofotlarini hisoblash, shartnomalar rasmiylashtirish va sugʼurta qonunchiligiga oid masalalar yuzasidan ogʼzaki va yozma shaklda imtihon oʼtkaziladi.

 

Tanlov gʼoliblarini aniqlashda quyidagi mezonlar belgilanadi:
• O’quv jarayonida (soʼnggi semestr natijalariga koʼra) yuqori reyting koʼrsatkichga ega boʼlishi;

• Sugʼurta sohasi boʼyicha yetarli bilim va amaliy koʼnikmaga ega boʼlishi, mavjud sugʼurta turlari yuzasidan asosli takliflari, shuningdek sugʼurta sohasi uchun yangi innovatsion gʼoyalarning mavjudligi;

• Intellektual qobiliyati va axloq-odobi sifatlari, qiziqishi hamda erkin fikrlashi;

• Davlat tili, rus tili yoki boshqa xorijiy tillarni oʼzlashtirgan talabalarga ustunlik beriladi (IELTS sertifikatidan 6,5 ballga yoki TOEFL sertifikatidan, jumladan TOEFL Paper boʼyicha 600 ballga, TOEFL Computer boʼyicha 269 ballga va TOEFL IBT boʼyicha 100 ballga ega boʼlgan nomzodlarning sertifikatlari inobatga olinadi).

Imtihon natijalariga koʼra ishtirokchilarning erishgan yutuqlari va koʼrsatkichlarini inobatga olib, tanlov gʼoliblari aniqlanadi.

Taqdirlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Tanlov yakuniga koʼra eng yuqori natijaga erishgan 2 (ikki) nafar ishtirokchi bilan oʼzaro ikki tomonlama shartnoma imzolanadi hamda 1 yillik o’quv yili uchun mo’jallangan toʼlov kontrakt  toʼlab beriladi.

2. Tanlovda yuqori koʼrsatgichlarga erishib, 3 va 4-oʼrinlarni egallagan 2 (ikki) nafar ishtirokchi bilan oʼzaro ikki tomonlama shartnoma imzolanadi hamda 1 oʼquv yili mobaynida universitetda beriladigan 5 “aʼlo” baholik stipendiya qiymatida “KAFIL SUG`URTA STIPENDIYASI” toʼlab boriladi;

3. Tanlovda ijobiy natijalarga erishib, 5 va 10-oʼrinlarni egallagan 6 (olti) nafar ishtirokchiga qimmatbaho sovgʼalar topshirilib, “Kafil sug’urta” kompaniyasi va uning hududiy filialllarida mehnat faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi sertifikatlar taqdim etiladi;

4. Tanlovning yakuniy natijalari yuzasidan gʼolib boʼlgan ishtirokchilar yangi oʼquv yilining 10 sentyabriga qadar Universitet hamda “Kafil sug’urta” kompaniyasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali eʼlon qilinadi va universitetda tantanali ravishda taqdirlanadi.