2021-yil uchun ОСАГО elektron polisini rasmiylashtirish www.kafil.uz saytida amalga oshirish mumkin. Toshkent shaxri va O’zbekistonning barcha hududlaridagi avtomobil egalari polisni onlayn rejimda sotib olishlari mumkin. Elektron polislarni sotib olish tez va juda oson.
O’zbekistonda avtomobil egalari ОСАГО polisini elektron ko’rinishda sotib olishlari hamda bu ishni rasmiy web-sayt yoki kompaniya mobil ilovalari orqali amalga oshirishi mumkin.
E-polisni onlayn sotib olish:
• E-Polis qog’ozdagi sug’urta polisiga tenglashtiriladi;
• E-Polis shartnoma tuzilgandan boshlab elektron ko’rinishda 48 soatda kuchga kiradi;
• Sug’urta tashkilotlari E-Polisni faqatgina shu tashkilotning rasmiy saytida amalga oshirishi va shu sayt orqali ro’yxatdan o’tkazishlari shart;
• E-polis xorijiy davlatlarda ro'yxatdan o'tgan va O'zbekiston hududida vaqtincha foydalaniladigan transport vositalari egalari bilan tuzilmaydi;
• E-polisni taqdim etishingiz uchun uni qog’ozga chop etishingiz yoki elektron shaklda bo’lishi lozim. Yoki boshqa bir ko’rinishda (masalan, mobil telefoningizga saqlash kifoya)
Elektron ОСАГО ro’yxatdan o’tkazish uchun maxsus online formani to’ldirasiz. Bu jarayon bir necha qadamdan iborat :
1. 1 . Hisob-kitob qiling. ОСАГОni internet orqali sotib olish uchun Kalkulyator formasini to’ldiring. Transport vositasining guvohnomasi, avtomobil egasi va boshqarishga ruxsat etilgan boshqa haydovchilarning ma’lumotlarini kiriting. Ma’lumotlar hujjatlarga mos holda to’ldirilishi kerak.
2. Ma'lumotlarni tekshirishni kuting. Ko’rsatilgan ma'lumotlar tezkor onlayn tekshiruv uchun bazaga yuboriladi. Ish muvaffaqiyatli tugagandan so'ng siz avtosug'urtani ro'yxatga olishni davom ettirishingiz mumkin.
3. Sug'urta uchun to'lovni amalga oshiring. Agar polis narxi sizga mos kelsa, taklif qilingan usullardan biri orqali to'lovni amalga oshiring. Mablag'larni topshirgandan so'ng, ОСАГО elektron sug'urta polisi sizning elektron pochtangizga *pdf formatida yuboriladi.
4. Polisni oling. Qabul qilingan hujjatni A4 varoqqa chop eting va doim o’zingiz bilan birga olib yuring. Bundan tashqari, faylni smartfoningizda ОСАГО elektron sug'urtasi bilan saqlashingiz mumkin. ГИБДД talabiga binoan polisni qog'ozga chop etish kerak.
ОСАГО elektron sug'urta polisini tuzishda juda ehtiyot bo'ling va shoshilmang. Hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar (pasport, haydovchilik guvohnomasi, ПТС, СТС, diagnostika kartasi) bilan siz kiritgan ma'lumotlarning mosligini diqqat bilan tekshiring. Yodingizda tuting, agar siz ОСАГО polisni rasmiylashtirishni xatolar bilan amalga oshirsangiz, quyidagi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
• Xavf darajasi yuqori bo’lishini bila turib yolg'on ma'lumotlar berganlik uchun sug'urtalovchining tashabbusi bilan shartnomani bekor qilish;
• sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urtalovchining regress talablari.
ОСАГО polisi rasmiylashtirishda qandaydir savolingiz bo’lsa quyidagi raqamlarga qo’ngiroq qilishingiz mumkin : +99871 200-04-14