Hukumat qarori (609-son, 27.09.2021 y.) bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish qoidalariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.
Qonunchilikka koʼra, yoʼl-transport hodisalari boʼyicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa toʼgʼrisidagi xabarnomani tuzish orqali sugʼurta tovonini olish tartibi joriy etilgan (https://t.me/huquqiyaxborot/10291).
Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sugʼurta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning oʼzida mavjud boʼlganida tuziladi:
➖ jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
➖ ishtirokchilardan biri oʼz aybiga iqror boʼlmaganida;
➖ hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
➖ hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida boʼlganida;
➖ ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʼurta qilingan boʼlsa;
➖ haydovchilik guvohnomasi, roʼyxatdan oʼtkazganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʼl varaqasi mavjudligi;
➖ haydovchilar mast boʼlmasa;
➖ transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021 yil 25 noyabrdan kuchga kiradi.
Manba: Huquqiy axborot