Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

🥳 MUSTAQILLIGIMIZNING 33 YILLIGI BILAN TABRIKLAYMIZ!

news_in

01.09.2024

Hurmatli vatandoshlar!

🇺🇿 O‘zbekistonimizning mustaqillik yo‘lida erishgan yutuqlari va bugungi taraqqiyotining ulug‘vor natijalari barcha yurtdoshlarimizning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi mahsulidir. Bu yil mustaqilligimizning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida keng nishonlanmoqda. 

🔥Bu shior bugungi kunda birlashishimizning naqadar muhim ekanligini yana bir bor eslatadi. Yurtimizning har bir fuqarosi farovonlik va barqarorlik sari intilib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

😊“KAFIL SUG'URTA” kompaniyasi nomidan siz, azizlarni, mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz! O‘zbekistonimizni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan har bir ishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Birlik va totuvlikda yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada katta zafarlar nasib bo‘lsin! 

Yurtimizning yorqin kelajagi uchun birlashamiz! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!