Davlat ramzlari xalqimiz uchun muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini aks ettirgan Vatanning yorqin timsolidir. Shu ma'noda, bugun mustaqil O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘lishini yurtimiz katta faxr bilan nishonlamoqda.
“KAFIL-SUG'URTA” kompaniyasi jamoasi sifatida ushbu muhim sanani munosib nishonlaymiz va barcha yurtdoshlarimizni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
⚡️Milliy bayrog‘imiz doimo yurtimiz osmonida barqaror hilpirab, yurtimizga tinchlik va ravnaq ulashsin!