“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024- yil 10- dekabr kuni, soat 11:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi, 59-uyda joylashgan Jamiyat bosh ofisida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati e’lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash.
3. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
4. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2024- yil faoliyati yakuni buyicha 1-, 2-, 3-choraklar kesimida sof foydasini taqsimlash.
5. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining “Investitsiya siyosati to‘g‘risida”gi Nizomini tasdiqlash.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Kuzatuv kengashining 2024- yil 18- noyabr kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2024- yil 3- dekabr kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2024- yil 18- noyabr kuni holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2024- yil 10- dekabr kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.
Tel.: 998 (71) 237-33-26, kafil.uz , info@kafil.uz .
Jamiyat Kuzatuv kengashi