“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA!
HURMATLI AKSIYADORLAR!
“KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2024- yil 28- iyun kuni, soat 10:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi, 59-uyda joylashgan Jamiyat bosh ofisida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Yig‘ilish kun tartibi:
1. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2023- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi hisobotini tasdiqlash.
4. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2023- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Boshqaruv hisoboti va 2024- yildagi ustuvor vazifalarini tasdiqlash.
5. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2023- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, jumladan buxgalteriya balansini, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini va auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
6. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2023- yil faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
7. “KAFIL-SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyatining kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank tomonidan mustaqil amalga oshirishi uchun aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan (kutilayotgan) bitimlarni aniqlash va ma’qullash.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Kuzatuv kengashining 2024- yil 6- iyun kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2024- yil
24 iyun kuni holatiga hamda umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2024- yil 6- iyun kuni holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2024- yil 28- iyun kuni soat
09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.
Tel: 998 (71) 237-33-26.
Jamiyat Kuzatuv kengashi