“Global Banking & Finance Review” jahon moliya sektoridagi muhim shaxslar auditoriyasidan iborat boʻlgan yetakchi onlayn jurnal, 2020-yil yakunlariga koʻra, “KAFIL SUGʻURTA” sugʻurta kompaniyasini “Oʻzbekistonda umumiy sugʻurta sohasida eng tez rivojlanayotgan kompaniya 2021” (Fastest Growing General Insurance Company Uzbekistan 2021) nominatsiyasi gʻolibi deb tanladi.
Koʻplab nomzod sugʻurta tashkilotlari ichidan “KAFIL SUGʻURTA” kompaniyasining mazkur yoʻnalishdagi faoliyati ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan va oʻrganilgan.
“Global Banking and Finance Awards” 2011-yilda Buyuk Britaniyada roʻyxadan oʻtgan “Global Banking & Finance Review” jurnali tomonidan global moliyalashtirish jarayonida sodir boʻlayotgan muhim oʻzgarishlarni tan olish uchun tashkil etilgan.
Ushbu onlayn jurnal oʻquvchilarini jahondagi nufuzli koorporatsiya prezidentlari, yirik kompaniyalar bosh direktorlari, moliya direktorlari, yuqori darajadagi rahbarlar va moliya sohasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan shaxslar tashkil etadi.
Reyting manbasi