Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Charos Deluxe mehmonxonasida "Kafil Sug'`urta" MChJ sug'urta kompaniyasi xodimlari uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi.

news_in

26.07.2021

"Kafil Sug'urta" kompaniyasi muntazam ravishda kompaniya xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan treninglar va seminarlar o'tkazib turadi.

23 iyuldan 26 iyulgacha Charos Deluxe mehmonxonasida yana bir o'quv seminari bo'lib o'tdi, unda 20 dan ortiq mintaqaviy filiallar rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar quyidagi masalalar bo'yicha xodimlarning malakasini oshirish masalalariga bag'ishlandi:
1. Professional axloq, estetika va mijozlar bilan ishlash va xizmatlar sifatini oshirish masalalari.
2. Belgilangan standart sug'urta shartnomalariga rioya qilish aspektlari.
3. CRM-tizimni o'qitish va undan samarali foydalanish.
4. Sug'urta hodisalarini ko'rib chiqishdagi muammolar va ularni bartaraf etish usullari, samarali ishlarni tashkil etish.

Namunali xodimlar 2021 yilning birinchi yarmidagi ishlari natijalariga ko'ra qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.