Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Kafil Sug`urta” kompaniyasining ilmiy-amaliy laboratoriyasida O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchi sug‘urta kompaniyalari mutaxassis xodimlari tomonidan talabalarga o‘tishi rejalashtirilgan master-klasslar rejasiga asosan 2021 yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Talipov Kamoliddin Faxrutdinovich tomonidan “O‘zbekiston sug‘urta bozori, sug‘urta faoliyati holati va rivojlanish tendensiyalari hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida master-klass o‘tkazildi.