2023 yilning 24-iyun kuni Toshkent shahrida "DONG FENG PASSENGER CAR T5 EVO" rusumli avtomomashinasi ishtirokida YTH sodir bo'ldi.
Fuqaro L.A., "Vaz-21061" rusumli avtomashinasida Yashnobod tumani Istiqbol ko`chasi bo`ylab hushyorlikni oshirmasdan, chorrahadan svetoforning "yashil" ishorasida chapga qayrilayotgan vaqtida o`ziga nisbatan qarama-qarshi tomondan svetoforning "yashil" ishorasida harakatlanib, chorrahadan to`g`riga yo`lni kesib o`tayotgan haydovchi M.M. boshqaruvidagi "DONG FENG PASSENGER CAR T5 EVO" rusumli avtotransport vositasi bilan to`qnashib YTH sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga “DONG FENG PASSENGER CAR T5 EVO” rusumli avtomashina egasi M.M. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan "Avtokredit” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz