Joriy yilning 05-iyul kuni Toshkent-Andijon yo`nalishining avtomagistralida sug'urta hodisasi yuz berdi.
Fuqaro N.R. ga tegishli “KIA Sorento” rusumli avtomashinasida Toshkent-Andijon yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida, qarama qarshi yo`ldan qattiq jism uchib kelib, avtotransport vositasining oldi oynasiga zarar yetkazgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga “KIA Sorento” rusumli avtomashina egasi N.R. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urta qilish” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-sug'urta - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz